Qirg‘in davom etyapti. Isroil shifoxonalardagi yuzdan ortiq falastinlikni o‘ldirdi

Olam

image

Isroil armiyasi so‘nggi 24 soat ichida 100 dan ortiq kishini o‘ldirdi va ishg‘olchi kuchlar 2023 yil 7 oktyabrdan buyon hayotiga zomin bo‘lgan falastinliklar soni 31 ming 988 nafarga yetdi. Bu haqda "Al Jazeera" xabar berdi.

Qayd etilishicha, asosiy hujumlar "Ash-Shifa" va "Al Aqso" shifoxonalari hududida amalga oshirilyapti. Bemorlar joylashgan hudud o‘rab olinib, yalpi o‘t ochilmoqda.

Ayni paytda yuzga yaqin tinch aholi vakillari halok bo‘lgan. Isroil, shuningdek, G‘azo shahri, Dayr al-Balah va Nuseyrat lagerlariga ham zarba bergan. Ushbu hududlarda ham qurbonlar bor.

Aytish joizki, bosqinchi kuchlar tomonidan to‘rtinchi kundirki shifoxonalar nishonga olinmoqda. Kecha, 20 mart kuni Isroil harbiylari "Ash-Shifa"da 90 kishini o‘ldirgani ma’lum bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil bosqini Falastinliklar o'ldirilishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing