Qimmatbaho mashina egalari stiker olib bo‘lishini kutyapmiz – Express 24 egasi stiker ololmayotganidan norozi
Jamiyat
−
01 aprel 2020
8757O‘zbekistonda tayyor ovqat va boshqa mahsulotlar yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi Express 24 kompaniyasi hozirgacha avtomobilda harakatlanishga ruxsat beruvchi maxsus stiker ololmagan. Bu haqda kompaniya asoschisi Akmal Paiziyev ma’lum qildi.
Paiziyev ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida hanuz stiker berilmagani, shu sababdan mijozlarning buyurtmalari kechikayotganini aytib post qoldirdi.
“Hurmatli mijozlar, Express 24 ga bergan buyurtmalaringiz kechikayotgani uchun kechiring. Biz mamlakatda ovqat va mahsulotlar yetkazib beruvchi eng yirik kompaniya bo‘la turib hali birorta ham stiker ololmadik. Biz qimmatbaho mashina egalari stiker olib bo‘lishini kutyapmiz”, degan Paiziyev.
U o‘z obunachilaridan bu masalada yordam berishi mumkin bo‘lgan odamlarni belgilashni iltimos qilgan. Uning bu posti ostida Davlat xizmatlari agentligi rasmiy sahifasi javob qaytarib, tadbirkorning ariza raqamini so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020 yil 30 martdan 20 aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi belgilandi. Eltib berish xizmati ko‘rsatuvchi kompaniyalarga stiker berilishi belgilangan.
LiveBarchasi