Qidiruvdagi o‘zbekistonlik Qozog‘istonda qo‘lga olindi
3-sahifa
−
30 mart
6784Qozog‘istonning Jambil viloyatida 18 yildan beri davlatlararo qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘istonning “Kazinform” nashri xabar berdi.
Bildirilishicha, erkak Qozog‘iston davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan. Shuningdek, u 2006 yilda O‘zbekiston hududida qasddan qotillik sodir etgani uchun davlatlararo qidiruvga berilgan.
Hozirda fuqaroni jinoiy javobgarlikka tortish uchun O‘zbekiston hududiga ekstraditsiya qilish masalasi hal qilinmoqda.
“Tergov manfaatlarini ko‘zlagan boshqa ma’lumotlar oshkor etilishi shart emas”, deya aniqlik kiritdi Qozog‘iston huquqni muhofaza qiluvchi organi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari Ozarbayjonda qo‘lga olingani haqida xabar qilingandi.
Rayhona Ulkanbayeva
LiveBarchasi