Qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Malayziyada ushlandi
3-sahifa
−
20 may 2023 10220 1 daqiqa
Xorijda yaxshi maoshli ishga joylashtirishni va’da qilib, qizlarni fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlab kelgan ayol Malayziyadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qildi. Bu haqda Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Keltirilishicha, Kuala-Lumpurdan Toshkentga olib kelingan ayol ko‘p yillar Malayziyada yashirinib yurgan jinoyatchi bo‘lgan. U firibgarlik yo‘li bilan xorijda yaxshi maoshli ishga joylashtirib berishni va’da qilib, qizlarni Malayziyaga olib borib, o‘z sheriklari bilan ularning pasportlarini zo‘rlik bilan olib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.
Gumonlanuvchi Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi hamkorlikdagi tadbirlar hamda tezkor-axborot ko‘magi, shuningdek, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi diplomatik missiyasining bevosita yordami natijasida qo‘lga olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining ekstraditsiya to‘g‘risidagi iltimosnomasi ijobiy ko‘rib chiqilishi natijasida qidiruvda bo‘lgan ayol Toshkent shahriga yetkazib olib kelish maqsadida O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlariga topshirilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025