Qibraydagi zavodda devor qulab, 3 kishi halok bo‘ldi
Jamiyat
−
07 iyun 2020 11102 1 daqiqa
Toshkent viloyatining Qibray tumanida 3 kishi fojia qurboni bo‘ldi. Kecha, 6 iyun kuni soat 16:45 larda tumanning “Baytqo‘rg‘on” MFYdagi “Baytqo‘rg‘on temir beton mahsulotlari” MCHJ hududida balandligi 4 metr va uzunligi 95 metrlik devor qulab tushdi.
Natijada ushbu devorga tutash ayvonda ishlayotgan 3 nafar MCHJ ishchisi beton g‘ishtlar bosib qolishi oqibatida hodisa joyida vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi (qurilish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart