Qibraydagi bog‘chada norasidalarning haqqiga xiyonat qilingan

Jamiyat

image

Qibray tumani 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 180,4 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilinganligi aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ’ga xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan Qibray tumani 25-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruvda muassasa omboridagi mahsulotlar sanoqdan o‘tkazilganda, 33 xil turdagi 21,6 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari kamomadi aniqlangan.

Bundan tashqari, 2018-2019 yillar davomida 4,1 tonna 134,7 mln. so‘mlik go‘sht hamda 7,9 ming litr 24 mln so‘mlik sut mahsulotlari tashkilot tarbiyalanuvchilarga berilmasdan o‘zlashtirib yuborilgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yilning 19 noyabr kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentning Qibray tumani bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha tuman prokuraturasiga yuborilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov natijasi xaqida qo‘shimcha xabar berilishi ta’kidlangan.

(Toshkent viloyati MTB boshlig‘ining 27.11.2019 yildagi buyrug‘iga asosan Qibray tumanidagi 25-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi Z.S. egallab turgan lavozimdan ozod etilgan).


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha Hayot Shamsutdinov Qibray

Baholaganlar

48

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing