Qibrayda vagon ustiga chiqqan litsey o‘quvchisi tok urishidan halok bo‘ldi
3-sahifa
−
20 dekabr 2021
7635O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi 2-son Toshkent Akademik litseyining 3-bosqichida tahsil oluvchi bola poyezd vagoni ustiga chiqib, tok urishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Transport va turizm ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, IIV Akademik litseyning 3-kurs o‘quvchisi bo‘lgan Z.J. Qibray tumanida joylashgan “Oq-qovoq” temir yo‘l bekatining 21-km.da vagon ustiga chiqqan va yuqori kuchlanishdagi tok urganligi oqibatida voqea joyida vafot.
Bugun, 20 dekabr kuni u o‘qigan litseyda mazkur baxtsiz hodisa muhokamasi bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda o‘quvchilarga temir yo‘lda harakatlanganda vagon ustiga chiqmaslik, temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmaslik, temir yo‘l atrofida quloqchinlardan foydalanmaslik, temir yo‘l hududi o‘ta xavfli hudud ekanligi haqida tushunchalar berilgan.
LiveBarchasi