Qibrayda kollej bitiruvchisi o‘lik holda topildi
Jamiyat
−
29 iyun 2020
21681Toshkent viloyati Qibray tumanidagi Moliya-iqtisodiyot kasb-hunar kollejining 3-kurs bitiruvchisi o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Voqea joriy yilning 25 iyun kuni sodir bo‘lgan. 18 yashar Doston Qurbonaliyev Qibray tumani, Yangiobod QFY, Xaydarobod MFY, Mirobod ko‘chasi 5-tupik 54-uyda o‘zini bo‘yin qismidan arqon bilan osib, o‘z joniga qasd qilib vafot etgan.
Voqea joyiga tergov-tezkor guruhi yetib borgan. Voqea joyi hamda murda mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan va o‘lim holatiga oydinlik kiritish maqsadida sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Mazkur holat yuzasidan Qibray tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Marhum onasi qaramog‘ida bo‘lgan, oilasida kenja farzand (1 ta akasi, 2 opasi bor) bo‘ydoq. Qayd etilishicha, muqaddam sudlanmagan, “Xaydorobod” MFY, xududida joylashgan nashriyotda oddiy ishchi bo‘lib ishlab kelgan.
LiveBarchasi