Qibrayda birovning 37 ta molini pullab yuborganlar ushlandi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Qibray tumanida birovning 37 bosh qora molini boshqa shaxslarga sotib, uning pulini firibgarlik bilan qo‘lga kiritgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar M.X., S.X. (muqaddam firibgarlik jinoyatlari uchun sudlangan) va boshqalar fuqaro O.T.ning ishonchiga kirib, uning 131 bosh qora molini sotib berishga kelishgan. Ular 50 bosh qora mol uchun 1 mlrd so‘m bergan va bozor bahosi 814 mln so‘m bo‘lgan 37 bosh qora molni boshqa shaxslarga sotib, O.T.ning pul mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro va Farg‘ona viloyatida pul evaziga oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Qibray qora mol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing