Qibrayda 733 mln so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlandi
3-sahifa
−
11 may
3014Toshkent viloyati Qibray tumanida 733,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti ma’lum qildi.
Qibray tumani, “Taraqqiy” MFYdagi xonadonda yashovchi I.B. va boshqalar tijorat maqsadida kompyuter tizimi orqali telekommunikatsiya tarmoqlaridan foydalangan holda “Avalon” rusumli mayning kripto-aktivlari qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab olgani aniqlangan. Ular 733,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani fosh etilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda 34,3 milliard so‘mlik elektr energiyani talon-toroj qilgan mayning ferma aniqlangandi.
LiveBarchasi