Kurs UZS

USD

12 937.16

23.97

EUR

13 937.20

28.4

RUB

154.55

0.38

Qibrayda 1,1 mlrd so‘mlik hujjatsiz tibbiyot buyumlari topildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Qibray tumanida tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlangan 1,1 mlrd so‘mlik 25 turdagi buyumlarni sotish uchun saqlaganlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, DXX va bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Qibray tumani “Baytqo‘rg‘on” QFY hududidagi xonadon ko‘zdan kechirilganida noqonuniy tibbiyot buyumlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro E.N. ushbu xonadonda xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish, tashish, saqlash va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taqiqlangan tibbiyot buyumlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, umumiy bahosi 1,1 mlrd so‘mlik 25 turdagi 16 780 dona tibbiyot buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 1863-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida Sog‘liqni saqlash boshqarmasining mas’ul xodimi tibbiy ta’minot bazasida saqlanayotgan tibbiyot buyumlarini xaridorga hujjatlarni qalbakilashtirish orqali 57 ming 880 dollarga sotishga kelishib, oldindan 40 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Qibray tibbiyot buyumlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing