Kerrik APLda oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi

Sport

image

 

“Manchester Yunayted” jamoasining vaqtinchalik bosh ustozi Maykl Kerrik yanvar oyida Premer-liganing eng yaxshi murabbiyi mukofoti qo‘lga kiritdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berildi.

“Bu yoqimli va biz juda yaxshi boshlaganimizni ko‘rsatadi. Lekin rostini aytsam, bu faqat men uchun emas. Menimcha, bu hammaga tegishli: xodimlar, murabbiylar shtabi, yordamchi personal va albatta, futbolchilar. 

Yigitlar yaxshi o‘ynashdi. O‘zgarishlar yuz berganda har doim qiyin bo‘ladi, ammo ularning birgalikda ishlashi va turli o‘yin uslublariga moslasha olgani, ehtimol, eng quvonarlisi. Albatta, dastlabki ikkita o‘yin hissiyotlar va g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoq tufayli o‘tdi, biroq keyingi bahslar ham men uchun qiziqarli bo‘ldi — futbolchilarning reaksiyasi va o‘yin sifati meni xursand qildi”, deydi Kerrik klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Maykl Karrik qo‘l ostida “Manchester Yunayted” yanvar oyida ikkita uchrashuv o‘tkazib, “Manchester Citi”ni 2:0, “Arsenal”ni esa 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Mutaxassis joriy yilning 13 yanvar kuni “Qizil iblislar”ning vaqtinchalik bosh murabbiyi lavozimini egallagandi.

“Manchester Yunayted” hozirda Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Maykl Kerrik shogirdlari keyingi uchrashuvni joriy yilning 23 fevral kuni safarda “Everton”ga qarshi o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

APL murabbiy eng yaxshi Kerrik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing