Kemeron Tojikistonga keldi
Olam
−
22 aprel 2024
8070Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron bugun, 22 aprel kuni Tojikistonga keldi. Bu haqda Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Devid Kemeronni Dushanbe xalqaro aeroportida Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ismatullo Nasredin va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Tashrif doirasida Kemeron Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon tomonidan qabul qilinadi, shuningdek, Tashqi ishlar vaziri bilan ham uchrashadi.
“Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini, mintaqaviy masalalarni muhokama qiladi” , deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 18-19 aprel kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga safar qilgandi.
Madina Otaboyeva
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar