Qaytar dunyo yoxud rangli inqilob bumerangi AQSHga qaytmoqda – Rossiya

Olam

image

Rangli inqilob bumerangi AQSHga qaytmoqda. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Slutskiy Vashingtondagi tartibsizlik bo‘yicha bayonotida aytib o‘tdi.

“Vashingtonda sodir bo‘lgan voqea Amerika jamiyatining ikkiga bo‘linishi natijasi edi. Kongressda saylovchilar tomonidan berilgan ovozlarning rasmiy tasdiqlanishini to‘xtatib qo‘ygan Kapitoliydagi tartibsizliklar, albatta, hokimiyatni demokratik tarzda o‘tkazish (Tramdan Baydenga – tahr.) jarayoniga soya solmoqda”, deydi Slutskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, endi AQSH boshqa mamlakatlarga saylov standartlarini tatbiq eta olmaydi va “demokratiya jarchisi”ligiga da’vo qilmaydi.

“Rangli inqilob bumerangi, ko‘rib turganimizdek, AQSHga qaytmoqda. Bularning barchasi yangi asrda Amerika hokimiyat tizimini inqirozga olib kelish xavfini tug‘dirmoqda”, deya qo‘shimcha qildi Qo‘mita rahbari.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 6 yanvar kuni AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampning tarafdorlari mamlakat poytaxti Vashingtondagi Kapitoliy oldida namoyish qilib, Kongress binosiga bostirib kirgan edi. Oqibatda 4 kishi halok bo‘ldi, 50 dan ortiq namoyishchi hibsga olindi.

Vaziyat jiddiy tus olganidan so‘ng, Tramp o‘z tarafdorlarini qonunni buzmaslikka, tinchlikni saqlashga chaqirdi. Ayni vaqtda Kongress atrofidagi vaziyat ancha tinchigan va politsiya hududni temir panjara bilan o‘rab olgan. Donald Trampning deyarli barcha tarafdorlari tarqalib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh demokratiya rangli inqilob

Baholaganlar

351

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing