Qayta tiklanuvchi energiya bilan ishlash yangi bosqichga ko‘tariladi

Jamiyat

image

Ekspertlar xulosalariga ko‘ra, O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining salohiyati 51 mlrd tonna neft ekvivalentiga teng bo‘lib, texnik imkoniyatlari esa 182,32 mln. tonna neft ekvivalentini tashkil etar ekan. Bu ko‘rsatkich mamlakat bo‘yicha yiliga qazib olinadigan birlamchi energetika zaxiralarning hozirgi hajmidan uch barobar ko‘pdir. Achinarlisi, bugun qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha mamlakatimizdagi mavjud salohiyatning atigi 0,31 foizigina o‘zlashtirilmoqda.

Bu boradagi jahon tajribasiga e’tibor qaratsak, qayta tiklanuvchi energiya bo‘yicha alohida Xalqaro Agentlikning (IRENA) tuzilganligi ham bugungi kunda dunyoning 164 ta davlatida ushbu energetika turini rivojlantirishga qaratilgan maxsus qonunlar yoki milliy maqsadlar qabul qilinganligi va ushbu davlatlar strategiyalarida 2030 yilga borib qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish salmog‘ini 50 %gacha yetkazish vazifasi qo‘yilganligini ko‘ramiz.

“Qayta tiklanuvchi energiya manbalari to‘g‘risida”gi Qonun bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi. Ya’ni, iqtisodiyot tarmoqlarida va ijtimoiy sohalarda energiya samaradorligini hamda yoqilg‘i–energetika balansi diversifikatsiya darajasini oshirish, mamlakat energetika xavfsizligini ta’minlash, shuningdek zararli gazlarining atmosferaga chiqarilishini kamaytirish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini va majmuaviy chora-tadbirlarini tizimli mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bundan tashqari Qonun, ishlab chiqarishning energiya sig‘imini va resurs hajmdorligini qisqartirish bilan bir qatorda, milliy ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va sinovdan o‘tgan xalqaro energotejamkor ilg‘or texnologiyalar, tadqiqotlarning mamlakatimiz ishlab chiqarish jarayonlari, energiya tarmoqlari amaliyotga maqsadli joriy etilishi borasidagi ustuvor vazifalarning ro‘yobga chiqarilishiga ham zamin yaratadi.

Senatorlarning ushbu qonun yuzasidan savollariga Energetika vazirligi mutasaddisi, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri va boshqa mas’ullar javob berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Senat

Baholaganlar

19

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing