Qaysi viloyatda qanday daraxt ekiladi? Ekoqo‘mita javob berdi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning turli hududlarida ekish uchun iqlim sharoitiga mos daraxtlar tanlab olinadi. Bu haqda Ekologiya qo‘mitasi Matbuot kotibi brifingda ma’lum qildi.

Mutaxassislar O‘zbekiston hududlarida ekish uchun 27 turdagi daraxt ko‘chatlari taklif etilmoqda. Jumladan kashtan, oqqayin, eman, yapon saforasi, shumtol, qayrag‘och, pavloniya, terak, akatsiya, chinor, tut, jiyda, yong‘oq, behi, uzum, qrim qarag‘ayi va virgin archasi bizning mintaqa uchun mosdir.

Qayd etilishicha, ko‘chat tanlashda har bir viloyatning iqlimi va tuproq tarkibi inobatga olinadi. Qaysi nihol unib ketishiga jiddiy e’tibor qaratilgan. Xususan, Qoraqalpog‘iston hududiga katalpa, pavlovniya, yapon saforasi, qayrag‘och, tut va akatsiya daratlari ekiladi. Jizzax, Namangan, Samarqand, Farg‘ona va Toshkentda chinor, eman, zarang va boshqa daraxtlar ekiladi.

Shuningdek, shahar va tuman hokimliklari tomonidan ekilgan har bir tup daraxt uchun ma’sul shaxs belgilanadi. Ular daraxtlarni parvarishlash bilan birga, ushbu hududni obod saqlashga ham javob beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 2 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektorda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqqandi.

Ma’lumot uchun, prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yashil makon” tashabbusi doirasida O‘zbekistonda 2 noyabrdan 10 dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilingan.

Prezident tashabbusi doirasida Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida – 16 million tupdan, Andijon, Buxoro, Namangan, Farg‘onada – 15 million tupdan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Sirdaryo, Xorazmda – 14 million tupdan ko‘chat ekish rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

daraxt

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing