Qaysi davlat o‘qituvchilar uchun eng ko‘p maosh to‘laydi? O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

Olam

image

O‘qituvchilarning jamiyatdagi o‘rnini hech narsa bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. Kelajak avlodni tarbiyalash borasida eng katta hissa ular tomonidan amalga oshiriladi.

Shu sababdan, O‘qituvchilarning oylik maoshiga bo‘lgan e’tibor hamma vaqt dolzarb masala bo‘lib qoladi. Bugungi kunda ular olayotgan maosh qaysi davlatlarda yuqori? Bu savol hammani qiziqtirishi tabiiy.

Bu borada O‘zA nashri eng ko‘p maosh oladigan o‘qituvchilarning dunyo mamlakatlari bo‘yicha reytingini e’lon qildi.

Yillik hisobida:

1. Lyuksemburg — 79,129.67 dollar. 

2. Shveysariya — 69,704.74 dollar

3. Germaniya — 61,418.47 dollar

4. Norvegiya — 47,313.23 dollar

5. Daniya — 46,784.11 dollar

6. AQSH — 43,556.76 dollar

7. Meksika — 42,816.51 dollar

8. Ispaniya — 41,886.99 dollar

9. Avstraliya — 40,762.47 dollar

10. Niderlandiya — 39,098.02 dollar

Taqqoslash uchun: O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilarining o‘rtacha oylik maoshi 2018 yil 1 sentyabrdan 1 mln 749 500 so‘m (222,5 dollar, yiliga 2670 dollar)ni tashkil qiladi. O‘zbekiston bu borada dunyoda nechanchi o‘rinda ekanligi qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'qituvchi

Baholaganlar

703

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing