Qaysi hududlarda qor yog‘ishi aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 25-26 fevral kunlari O‘zbekiston hududida kuzatilishi mumkin bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Shuningdek, Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 26-27 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 25 fevralda 0-5 daraja iliq, 26-27 fevralda 2-7 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 7-12 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 27 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 25 fevralda 0-5 daraja iliq, 26-27 fevralda 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa havo biroz bulutli bo‘ladi, 25 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 26-27 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 26 fevralda ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 25 fevralda 5-10 daraja iliq, 26-27 fevralda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 25-26 fevralda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 27 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Bundan tashqari, respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo O'zbekiston qor O'zgidromet

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing