Qaysi hududlar hamon “svet”siz qolayotgani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 26 yanvar soat 04:00 holatiga O‘zbekistonning 8 ta hududida elektr energiyasi ta’minoti to‘liq tiklandi. Qolgan hududlarda tiklash ishlari davom etmoqda.

Hududlarning elektr bilan ta’minlanganlik darajasi:

1. Qorakalpog‘iston Respublikasi — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

2. Andijon viloyati — Andijon shahar 70%, Xonabod 100%, qolgan barcha tuman va shaharlarda 10% elektr ta’minoti mavjud.

3. Buxoro viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

4. Jizzax viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

5. Qashqadaryo viloyati — Qarshi shahar 5%, G‘uzor tumani 70% ulangan. Muborak tumanidagi gaz konlariga va asosiy tibbiyot muassasalari elektr ta’minotiga ulangan;

6. Navoiy viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

7. Namangan viloyati — Barcha tuman va shaharlarda 70% elektr ta’minoti mavjud;

8. Samarqand viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

9. Surxondaryo viloyati — Denov, Sariosiyo, Uzun tumanlari va Denov shahri 100%, Termiz shahri 100%, Termiz tuman 70%, Sherobod tumani 15%, Oltinsoy tumani 70%, Sho‘rchi, Boysun, Qumqo‘rg‘on tumanlari 10%, Angor, Mizrobod, Jarqo‘rg‘on, Qiziriq va Bandixon tumanlarida 5% elektr ta’minoti mavjud;

10. Sirdaryo viloyati — Guliston shahri 100%, Yangiyer 100%, Shirin shahri 100%, Boyovut 100%, Sayxunobod tumani 60%, Guliston tumani 100%, Mirzaobod tumani 100%, Xovos tumani 100%, Oqoltin tumani 100%, Sardoba tumani 100%, Sirdaryo tumanida 40% elektr ta’minoti mavjud;

11. Toshkent viloyati — Angren shahar 95%, Bekobod shahar 100%, Narafshon shahar 40%, Olmaliq shahar 100%, Chirchiq 80%, Ohangaron shahar 100%, Bo‘ka tumani 40%, Bo‘stonlik tumani 95%, Zangiota tumani 40%, Qibray tumani 95%, Ohangaron tumani 80%, Parkent tumani 80%, Toshkent tumani 80%, Quyi Chirchiq 50%, O‘rta Chirchiq 20%, Yuqori Chirchiq tumani 60%, Chinoz 70%, Yangiyo‘l tumanida 5% elektr ta’minoti mavjud;

12. Farg‘ona viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

13. Xorazm viloyati — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan;

14. Toshkent shahri — elektr ta’minoti to‘liq tiklangan.

Avvalroq, elektrdagi uzilish sabab “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufida Gazli, Sho‘rtan va Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalaridagi 64 ta kon vaqtincha faoliyatini to‘xtatgani haqida xabar bergan edik.

“Konets sveta”

Kecha, 25 yanvar kuni soat 11:00 larda O‘zbekistonning qator viloyatlarida elektr energiyasi ta’minoti uzildi. Buning ortidan poyezdlarning manzilga yetib borish vaqti kechiktirildi. Elektrdagi uzilish suv ta’minotini ham to‘xtatib qo‘ydi.

Keyinroq, qo‘shni mamlakatlar — Qozog‘iston va Qirg‘izistonning qator hududlarida ham elektr energiyasi uzildi. O‘zbekistonda esa barcha ayeroportlar faoliyati cheklandi.

O‘zbekiston Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Qozog‘iston Elektr tarmog‘ida katta avariya bo‘lishi oqibatida Olma-ota, Chimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr energiya ta’minotida o‘chishlar yuzaga kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

470

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing