Qaysi hudud gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha yetakchi ekani aytildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilning 10 oyi davomida 2 mingdan ortiq holatda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zneftgazinspeksiya” va uning hududiy bo‘limlari tomonidan aniqlanishicha, joriy yilning o‘tgan davrida Respublika bo‘yicha 2 183 ta holatda 62 mln. metr kublik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish orqali Davlat manfaatlariga 62 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilgan.

Tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini hududlar kesimida tahlil etadigan bo‘lsak, asosan Navoiy viloyatida 408 ta holatda 6,6 mlrd. so‘mlik, Toshkent viloyatida 330 ta 18,0 mlrd. so‘mlik, Andijonda 198 ta 2,9 mlrd. so‘mlik, Xorazmda 177 ta 3,3 mlrd. so‘mlik, Qashqadaryoda 146 ta 2,9 mlrd. so‘mlik, Samarqanda 52 ta 4,4 mlrd. So‘mlik va Toshkent shahrida 33 ta holatda 12,0 mlrd. so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilingan.

Aniqlangan holatlar yuzasidan gazta’minoti korxonalari tomonidan rasmiylashtirilgan hujjatlar tegishli tartibda chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga taqdim etilgan va zararni undirish choralari ko‘rilmoqda.

Ushbu noqonuniy holatlar asosan, ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan iste’molchilar tomonidan sodir etilmoqda. Misol uchun:

•    Ohak ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 41 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan va Davlat manfatlariga yetkazilgan zarar miqdori 8,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
•    Issiqxona xo‘jaliklari tomonidan 42 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan va Davlat manfatlariga yetkazilgan zarar miqdori 3,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
•    G‘isht ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 6 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan va Davlat manfatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1,4 mlrd. so‘mni tashkil etgan;
•    AGTKSH tomonidan 11 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan va Davlat manfatlariga yetkazilgan zarar miqdori 21,8 mlrd. so‘mni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Energetika vazirligi

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing