Qaynonasi nomiga kredit olgan kuyovning Cobalt’i olib qo‘yildi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida qaynonasining nomiga kredit olib, qarzlarini to‘lamasdan yurgan kuyovning Cobalt avtomashinasi jarima maydoniga qo‘yildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kuyov B.J. qaynonasi M.X.ning nomiga bankdan bir nechta kredit olib, to‘lovlarini vaqtida to‘lamagan. Shu sababli, qaynona kredit to‘lovlarini o‘zi to‘lab yurishga majbur bo‘lgan. Oqibatda, qaynona to‘langan pullarni qaytarib berilishini so‘rab, sudga murojaat qilgan. Sud hujjati ijrosi yuzasidan byuroning Buloqboshi tuman bo‘limi tomonidan ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilib, taraflar ogohlantirilgan. Biroq qarzdorlik qoplanmagach, qarzdor B.J.ga tegishli bo‘lgan Sobalt avtomashinasi xatlangan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Xo‘jaobod tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan javobgar B.J.dan da’vogar M.X. foydasiga 10 mln so‘m zarar pullari undirilishi ham belgilangan va yetkazilgan zarar pullari to‘liq undirilgan. Shuningdek, avtomashinani xatlash jarayonida ijro harakatlariga to‘sqinlik qilgani sababli, qarzdor 1 mln 700 so‘m miqdorida qo‘shimcha jarima to‘lashiga to‘g‘ri kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Andijon shahrida kuyovning barcha jarimalarini uning qaynotasi to‘lagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit Qaynona Sobalt kuyov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing