Iste’molchilar huquqini buzgan bank va lombardlar asoratli jarimaga tortiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank qonunchiligi va bank faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni buzganliklari uchun tijorat banklariga nisbatan qo‘llaniladigan chora va sanksiyalar to‘g‘risidagi nizom yangi bob bilan to‘ldirildi. Bu haqda “Norma” xabar berdi.

Hujjatga bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarini buzganlik uchun sanksiyani kiritdilar. Bu holda jarima miqdorlari quyidagilarga nisbatan:

tijorat bankiga - bank ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorini (amaldagi qiymatda 100 mln so‘mni tashkil qiladi);

mikrokredit tashkilotiga - mikrokredit tashkiloti ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining 0,1 fozii miqdorini (amaldagi qiymatda 2 mln so‘mni tashkil qiladi);

lombardga- EKIHning 10 baravari miqdorini tashkil etadi (amaldagi qiymatda 2 027 300 so‘mni tashkil qiladi).

Tuzatishlar 3 oydan keyin kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

kredit bank

Baholaganlar

11

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing