Xorazmdagi bankka qurollangan shaxs kirishga urindi
3-sahifa
−
18 iyul 2023
9210Xorazm viloyatining Urganch shahridagi bank binosida pnevmatik to‘pponcha bilan qurollangan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy Gvardiya Matbuot xizmati xabar berdi.
Keltirilishicha, holat joriy yilning 11 iyul kuni soat 11:07 da Urganch shahar Navoiy ko‘chasida yuz bergan. Qo‘riqlash bo‘limiga mazkur ko‘chada joylashgan bankdan "tashvish" signali kelib tushgan.
Chaqiruvga ko‘ra, voqea joyiga yetib borgan tezkor harakatlanuvchi guruh tomonidan pnevmatik to‘pponcha bilan qurollangan fuqaro qo‘lga olingan. O‘rganishlar davomida u Urganch shahrida yashovchi X.A. ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Aniqlanishicha, bankda xizmat vazifasini olib borayotgan Qo‘riqlash bo‘limi xodimi ushbu fuqaroni binoga kiraverishda payqab, to‘xtatib qolgan va “tashvish” tugmasi orqali xabar bergan.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Xorazm viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.
LiveBarchasi