Qatar yana Yevropaga tahdid qilmoqda
Olam
−
26 iyul 16619 3 daqiqa
Qatar Yevropa Ittifoqining korporativ barqarorlikka oid direktivasi bilan kelishmagani sababli Belgiya hukumatini Yevropa mamlakatlariga suyultirilgan gaz yetkazib berishni qisqartirish niyati haqida ogohlantirdi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni “Die Welt” va “Reuters” agentliklari xabar berdi.
Qayd etilishicha, bundan besh kun avval Qatar energetika vaziri, Qatar Energy kompaniyasi rahbari Saad al-Kaabi Bryussel rasmiylariga to‘rt sahifali maktub yo‘llab, unda Yevropa Ittifoqi direktivaning mazmunini qayta ko‘rib chiqishdan bosh tortsa, uning mamlakati o‘z mamlakati suyultirilgan gazga muqobil bozorlarni izlashga majbur bo‘lishini to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’kidlagan.
“Agar boshqa o‘zgarishlar amalga oshirilmasa, Qatar davlati va Qatar Energy barqaror va qulay ishbilarmonlik muhiti mavjud bo‘lgan Yevropa Ittifoqidan tashqari boshqa bozorlarga ta’minotni qayta yo‘naltirish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladi”, deyiladi maktubda.
Qatar, ayniqsa, direktivaning global isishning Selsiy bo‘yicha 1,5 darajadan oshishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun iqlim o‘zgarishiga moslashishga o‘tish rejasi kelishilgan bo‘lishi haqidagi talabidan xavotirda.
“Na Qatar Davlati, na Qatar Energy yaqin kelajakda nol emissiyaga erishishni rejalashtirmayapti”, deb ta’kidladi Al-Kaabi.
Uning aytishicha, Yevropa hujjati qoidalari Qatarning amaldagi qonunchiligiga zid va xalqaro shartnomalarni buzadi. Xususan, u mamlakatlarga o‘zlarining ichki iqlim strategiyalarini mustaqil belgilash huquqini beruvchi Parij iqlim kelishuviga to‘xtaldi.
Qatar rasmiylarining bu ogohlantirishi allaqachon ketma-ket ikkinchisidir. Saad Al-Kaabi 22 dekabr kuni “Financial Times” gazetasiga bergan intervyusida amirlik inson huquqlarini buzgani yoki atrof-muhitga zarar yetkazgani uchun jarimaga tortilsa, Yevropaga gaz yetkazib berish to‘xtatilishi haqida gapirgandi.
“Reuters” agentligining Yevrokomissiyadagi manbalari hozirda Yevroparlament va Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar Yevrokomissiya tomonidan taklif qilingan soddalashtirishlarni muhokama qilishayotganini ma’lum qildi.
“Ular YeK tomonidan taklif qilingan muhim o‘zgarishlarni ko‘rib chiqishlari va qabul qilishlari kerak”, dedi matbuot kotibi.
Doha Yevropa Ittifoqining korporativ barqarorlikni baholash bo‘yicha 2024/1760-sonli Direktivasidan (CSDDD) norozi. Yevropa Komissiyasi veb-saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, u 2024 yil iyul oyida kuchga kirgan. Uning maqsadi “kompaniyalar va ularning global qiymat zanjirlari faoliyatida barqaror va mas’uliyatli korporativ xatti-harakatlarni rag‘batlantirish”. CSDDD direktivasi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini uglerod chiqindilari, inson huquqlari va mehnat huquqlari bo‘yicha Yevropa Ittifoqi talablariga rioya qilmasa, butun dunyo bo‘ylab yillik daromadlarining 5 foizigacha jarima solishga majbur qiladi.
Qatar AQSH va Avstraliyadan keyin dunyoda uchinchi yirik suyultirilgan gaz eksportchisi hisoblanadi. Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urushi boshlanganidan keyin uning Yevropa bozoridagi ulushi 12-14 foizni tashkil etadi.
“Yevropa davlatlari Rossiya gazidan voz kechishga urinayotgan bir paytda, Qatar Energy Germaniya, Fransiya, Italiya va Niderlandiyaga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha uzoq muddatli shartnomalar imzoladi”, deya qayd etadi “Financial Times”.
“Die Welt” gazetasi bilan suhbatlashgan ekspertlarning qayd etishicha, Qatar gazisiz Yevropa Ittifoqining 2028 yilga borib Rossiya yoqilg‘isidan butunlay voz kechish bo‘yicha maqsadlarini amalga oshirishning iloji bo‘lmaydi, ayniqsa narxlarning o‘sishi davom etayotgan tahdidni hisobga olgan holda.
Live
Barchasi