Qatar Tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga yetib keldi

Jamiyat

image

Avvalroq Qatar Tashqi ishlar vaziri ilk bor O‘zbekistonga kelishi haqida xabar bergan edik. Bugun, 9 iyun kuni Toshkentga Qatar Bosh vazirining o‘rinbosari — Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon bin Josim Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, tashrif doirasida O‘zbekiston tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Tadbirlarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Qatar munosabatlarining hozirgi holati hamda ularni yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 aprel kuni Qatar poytaxti Dohaga amaliy tashrif bilan kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy tomonidan qabul qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qatar

Baholaganlar

89

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing