Qatar mezbonlarga yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 19 iyun kuni 2026 yilgi Jahon chempionatining “B” guruhidan o‘rin olgan Kanada va Qatar terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Kanadaning Vankuver shahridagi “Bi-Si Pleys” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar yirik — 6:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Kanada terma jamoasi safida Kayl Larin bir marta, Jonatan Devid esa uch marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, Natan-Dilan Saliba ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Yana bir gol Qatar yarim himoyachisi Muhammad Al-Mannaiy tomonidan o‘z darvozasiga kiritildi.

Qatar uchun uchrashuv yanada murakkab kechdi. Jamoa o‘yinning 33-daqiqasida Homam Al-Amin, 53-daqiqasida esa Asim Madibo qizil kartochka olgach, bahsni to‘qqiz nafar futbolchi bilan yakunladi.

Ushbu natijadan so‘ng Kanada terma jamoasi  o‘z guruh 4 ochko to‘plagan holda yetakchiga aylandi. Qatar esa ikki turdan keyin ham g‘alabaga erisha olmadi va 1 ochko bilan guruhda so‘ngi pog‘onani egallab turibdi.

Endilikda Kanada terma jamoasi so‘ngi turda Shveysariya bilan bahs olib borsa, Qatar esa Bosniya va Gersegovinaga qarshi maydonga tushadi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Qatar Kanada

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing