Qatar qirollik oilasi tasdiqladi: Zidan PSJ murabbiyi bo‘ladi

Sport

image

Zinedin Zidan Fransiyaning PSJ klubi bosh murabbiyiga aylanadi. Bu haqda Parij klubi xo‘jayinining ukasi Xalifa bin Hamad Al-Tani o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Al-Tani ijtimoiy tarmoqda Zidan bilan kelishuvga erishilgani va tez orada klub bu haqda rasman e’lon qilishi haqida bayon qilgan.

“Zizu, xush kelibsiz”, deya yozgan Qatar qirollik oilasi vakili.

49 yoshli mutaxassis PSJ jamoasi bosh murabbiyi sifatida o‘ziga bildirilgan umidlarni oqlamagan argentinalik Maurisio Pochettino o‘rnini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, PSJning asosiy yarim himoyachilari Ander Errera va Marko Verratti jarohati sababli jamoaga yordam bera olmasligi ma’lum qilingan edi.

Ma’lumot uchun, fransiyalik mutaxassisning so‘nggi ish joyi “Real Madrid” bo‘lgan. U “Qirollik klubi” bilan birgalikda uch marta UEFA Chempionlar ligasi va ikki marta Ispaniya La ligasida zafar quchgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Maurisio Pochettino PSJ Zinedin Zidan UEFA Chempionlar ligasi Xalifa bin Hamad Al-Tani

Baholaganlar

234

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing