Qatar Isroilning zarbalarini “qo‘rqoqona” deb atadi

Olam

image

Isroil armiyasi (SAXAL) Dohada HAMAS siyosiy byurosi a’zolariga uyushtirilgan hujum uchun mas’ul. Bu haqda Qatar Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Majid bin Muhammad al-Ansoriy o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qatar hukumati Dohadagi turarjoy binolariga, “HAMAS siyosiy byurosining bir nechta a’zolari yashagan joylarga” qilingan Isroilning “qo‘rqoqona” zarbalarini qoralaydi. Diplomat buni barcha xalqaro qonun va me’yorlarni buzish deb atadi.

“Zarba Qatar fuqarolari va rezidentlarining xavfsizligi va daxlsizligiga jiddiy tahdid tug‘diradi”, deb yozdi al-Ansoriy.

“Al Arabia” nashri HAMASdagi manbasiga tayanib xabar berishicha, Isroil zarbasi oqibatida HAMAS siyosiy byurosi rahbari Xolid Mash’al, guruhning G‘azo sektoridagi yetakchisi Halil al-Hayya hamda harakat a’zosi Zohir Jabborin halok bo‘lgan.

Isroil armiyasi (SAXAL) va Umumiy xavfsizlik xizmati (SHABAK) HAMAS oliy rahbariyatiga zarba berilganini tasdiqlagan. Ularning qo‘shma bayonotida “yuqori aniqlikdagi o‘q-dorilar” va “qo‘shimcha razvedka ma’lumotlari” qo‘llangani, bu orqali tinch aholiga zarar yetkazish kamaytirilgani qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Isroilning Doha shahridagi turarjoy hududiga uyushtirgan hujumlarini qoralashini bildirib, ayonot bilan chiqqandi. Vazirlik bunday xatti-harakatlar mutlaqo nomaqbul bo‘lib, BMT Nizomini hamda xalqaro huquqning asosiy me’yor va tamoyillarini jiddiy ravishda mensimaslik hisoblanishini qayd etgan.

Shuningdek, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev ham Isroil hukumati tomonidan Qatar poytaxti Dohada amalga oshirilgan harbiy harakatni qoralashini bildirib, bayonot bilan chiqqandi. To‘qayev bu harakatlar qanday maqsadlarda amalga oshirilganidan qat’i nazar, ular qat’iyan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan ish ekanini qayd etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Doha Isroil HAMAS TsAXAL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing