Qatar Isroil va HAMAS o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilikdan voz kechdi – OAV
Olam
−
09 noyabr
3057Qatar hukumati G‘azo sektorida sulh tuzish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda vositachilik rolidan voz kechdi, shuningdek, Falastinning HAMAS harakatini o‘z idorasini Dohadan ko‘chirish zarurligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib, “Agence France-Presse” va ”Reuters” xabar berdi.
“Reuters” nashrining Qatar rasmiysiga tayanib bergan xabariga ko‘ra, bu qaror haqida Isroil hukumati, AQSH Prezidenti ma’muriyati va HAMAS rahbarlariga xabar berilgan.
“Qatar ikki tomon muzokaralarni qayta boshlashga samimiy qiziqish bildirsa, vositachilik faoliyatiga qaytishga tayyorligini bildirdi,” dedi AFP manbasi.
Qayd etilishicha, Qatar hukumati bunday qarorni Isroil va HAMAS o‘rtasidagi halol muzokaralarning amalga oshmayotgani sababli qabul qilgan. Qatar, AQSH va Misr bir necha oydan buyon sulh va garovdagilarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilgan, ammo muzokaralar natija bermagan.
Eslatib o‘tamiz, avgustda Qatarning Doha shahrida bo‘lib o‘tgan so‘nggi muzokaralarda HAMAS Isroil tomonidan ilgari surilgan yangi takliflarni qabul qilishdan bosh tortgan edi.
LiveBarchasi