Qatar Amiri O‘zbekistonga keladi
Jamiyat
−
11 may 2023
10267Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekistonga keladi. Bu haqda Investitsiyalar sanoat va savdo vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 8-9 may kunlari Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov amaliy tashrif bilan Qatarda bo‘lib, ushbu davlatning vazirlik va idoralari hamda yirik kompaniyalari rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazgan. Uchrashuvlarda ikki tomonlama investitsiyaviy hamkorlik va sanoat kooperatsiyasining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko‘rib chiqilgan.
Xususan, Qatar Savdo va sanoat vaziri Muhammad Ol Soniy bilan savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi aloqalarni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilingan. Unda Qatar Amirining O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi ko‘p qirrali sheriklikni yanada chuqurlashtirishga kuchli turtki berishi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu yil Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilayotgani ma’lum qilingandi. Shuningdek, yaqin istiqbolda Vengriya Prezidenti, Singapur Bosh vaziri va Prezidenti hamda Yaponiya Bosh vaziri ham O‘zbekistonga kelishi aytilgandi.
LiveBarchasi