Qatar Amiri Putinning huzuriga keldi
Olam
−
17 aprel 5386 1 daqiqa
Qatar Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bugun, 17 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Rossiyaga keldi. Uni Vnukovo-2 hukumat aeroportida Rossiya Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov, “Rosneft” kompaniyasi bosh direktori Igor Sechin, Rossiya prezidenti maslahatchisi va prezidentning transport sohasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Igor Levitin va Rossiya rahbarining Yaqin Sharq va Afrika bo‘yicha maxsus vakili,Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Bogdanov kutib oldi.
Tamim bin Hamad Ol Soniy Kremlda Prezident Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazadi.
Davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarga e’tibor qaratgan holda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini hamda xalqaro kun tartibidagi bir qator muhim voqeliklarni muhokama qiladi.
Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ta’kidlaganidek, kun tartibida Ukraina inqirozi va Yaqin Sharqdagi vaziyat ham bor.
Qatar TIV davlat vaziri Muhammad al-Xulayfiyning TASS agentligiga bergan intervyusida Tamim bin Hamad Ol Soniy Vladimir Putin bilan Suriya va G‘azo sektoridagi vaziyatni ham muhokama qilishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Liderlar avvaliga shaxsiy uchrashuv o‘tkazadi, so‘ngra muzokaralar rasmiy nonushtada davom etadi. Keyinroq imzolangan hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tadi. Kreml har ikki tomonning “yetarlicha vakillik delegatsiyalari” ishtirok etishini e’lon qildi.
Live
Barchasi