Qashshoqlik 22 yil ichida birinchi marta global miqyosda o‘sdi

Olam

image

2020 yilda o‘ta qashshoqlik 22 yil ichida birinchi marta global miqyosda o‘sdi. Bu haqda bugun, 6 yanvar kuni BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish tinchlik va barqarorlikni saqlashga bag‘ishlangan videoanjuman shaklidagi BMT Xavfsizlik Kengashining yig‘ilishi so‘z ochdi. 

Bosh kotib koronavirus pandemiyasi bir qator salbiy tendensiyalarni kuchaytirganini ta’kidladi.  

“2020 yilda 22 yil ichida birinchi marta haddan tashqari qashshoqlikning o‘sishi kuzatildi. Mo‘rt vaziyatda va mojarolar sharoitida iqtisodiy faollikning pasayishi qo‘shimcha ravishda 18-27 million kishini qashshoqlikka olib kelishi kutilmoqda”, deydi u. 

Guterrish, shuningdek, gender tengsizligi tobora chuqurlashib borayotganini urg‘uladi. Uning fikricha, dunyo inklyuziv rivojlanishning asosiy omili sifatida ish bilan band bo‘lgan ayollar nisbati bo‘yicha o‘nlab yillar orqaga qaytgan.

"Agar biz qashshoqlik va mojarolar davrini buzmoqchi bo‘lsak, bizga Barqaror rivojlanish maqsadlarida mustahkamlangan ikkita prinsipga asoslangan yanada shijoatli yondashuv kerak", deydi Bosh kotib. 

Unga ko‘ra, prinsiplardan biri – bu o‘zaro bog‘liqlik. Barqaror rivojlanmasdan tinchlik va tinchlik bo‘lmasdan barqaror rivojlanish bo‘lmaydi

Ikkinchisi – daxldorlik. "Hech kimni ortda qoldirmaslik" majburiyati bizning barqaror rivojlanishimizga ko‘maklashish va ziddiyatlarning oldini olish va ularni hal qilish bo‘yicha harakatlarimizning markazida bo‘lishi kerak”, deydi Guterrish.


Maqola muallifi

Teglar

qashshoqlik

Baholaganlar

65

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing