Qashqadaryoning yana bir tumanida hokim o‘zgardi
Jamiyat
−
19 may 2020
12721Bugun, 19 may kuni Xalq deputatlari Yakkabog‘ tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Unda amaliy masala ko‘rib chiqildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko‘ra, o‘tkazilgan sessiyada tuman hokimi sifatida ishlab kelayotgan Abdurasul Safarov o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etilgan. Uning o‘rniga Abdullayev Lutfiddin Jo‘rayevich tumanning yangi hokimi sifatida tasdiqlangan.
Ma’lumot uchun, Lutfiddin Abdullayev 1975 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Zahiradagi leytenant unvoniga ega. U O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari kotibiyati Yerdan oqilona foydalanish va o‘rmon xo‘jaligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ulug‘bek Ernazarov Qashqadaryo viloyati Muborak tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.