Qashqadaryolik ayol 3 egizak dunyoga keltirdi
Jamiyat
−
20 avgust 2020 14872 1 daqiqa
Qashqadaryo viloyatida 3 nafar egizak farzand dunyoga keldi. Chaqaloqlar Qarshi shahar tug‘ruq komleksida dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Uch nafar chaqaloqni dunyoga keltirgan Chiroqchilik Durdona Boboqulova endigina 25 yoshda. Dunyoga kelgan bolalarning bir nafari o‘g‘il, ikki nafari esa qiz.
Tug‘uruqxona bosh shifokori Salima Ochilovaning ma’lum qilishicha, uch egizakning ham ahvoli yaxshi. Chaqaloqlarning vazni - 2900, 2650, 2600 gramm.
Avvalroq, Namangan viloyatining Pop tumanida 4 nafar egizak chaqaloq dunyoga kelgan edi.
Ahrorbek Hayrullayev
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr