Qashqadaryoga 1 mlrd dollarlik sarmoya kiritiladi

Jamiyat

image

2024 yilda Qashqadaryo viloyatiga 1 milliard AQSH dollari to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya jalb qilinadi. Bu haqda Prezident Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tayotgan Qarshidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Aytilishicha, Dehqonobod, Kitob va Qarshi tumanlaridagi sanoat zonalarida bo‘sh turgan 100 gektar yerlarga tadbirkorlar 300 million dollar investitsiya kiritib, 3,5 mingta ish o‘rni yaratish tashabbusi bilan chiqqan.

Yig‘ilishda Qarshi shahri va Kitobda ishlatilmayotgan paxta terminallarida sanoat texnoparkini tashkil qilib, kamida 5 mingta doimiy ish o‘rni yaratish imkoniyati borligi aytilgan. Mas’ullarga go‘sht, sut, meva-sabzavotni qayta ishlash sohasida 50 million dollarlik loyihalarni ishga tushirish topshirilgan.

"Bundan tashqari, Qozon shahrida imzolangan 337 million dollarlik 21 ta loyiha va O‘zbekiston-Xitoy biznes forumida kelishilgan 352 million dollarlik 20 ta loyihani yakuniga yetkazish vazifasi qo‘yildi", deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing