Qashqadaryodagi “zapravka”da mashina portlab, bo‘laklarga bo‘linib ketdi

3-sahifa

image

Bugun, 6 may kuni Qashqadaryo viloyatida joylashgan gaz quyish shoxobchasida Nexia-2 mashinasiga o‘rnatilgan gaz ballonida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Unda aytilishicha, Qashqadaryo viloyati Muborak tumanining “Konchilar” MFY hududida joylashgan “Avtogaz” avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida Nexia-2 rusumli avtomobilning gaz balloniga gaz quyish vaqtida portlash sodir bo‘lgan. Oqibatda avtomobilning orqa qismi to‘liq shikastlangan. Hodisa joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Shuningdek, avtomashina yaqinida bo‘lgan bir nafar fuqaro yengil darajada tan jarohati olgan va u zudlik bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Hozirda holat bo‘yicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

mashina zapravka gaz quyish shoxobchasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing