Qashqadaryodagi “gaz zapravka” 3,3 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Qashqadaryodagi metan “zapravka”larining birida gaz hisoblash uskunasi tizimiga tashqi ta’sir ko‘rsatilib, atayin buzilgani aniqlandi. Oqibatda hisoblagich sarflangan gaz miqdorini noto‘g‘ri ko‘rsatgan. Bu haqda “Hududgazta’minot” Aksiyadorlik jamiyati Matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasining (AGTKSH) gaz hisoblash uskunasini tekshirish davomida GOST 8.586.2005 talablarining buzilganligi aniqlangan. Yumaloq kran ichki qismining manfiy tomonida tugunga bog‘langan sellofan paket topilgan. Tabiiy gazdan foydalanish qoidalari buzilgani sababli yuridik shaxsga maksimal darajada 3 304 795 metr kub tabiiy gaz hajmi bo‘yicha 3,3 mlrd so‘m miqdorida zarar hisoblangan.

“Hozirda mazkur holat yuzasidan barcha hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilmoqda”, deyiladi xabarda.

Nurmuhammad Fayzullayev 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryoda zapravka gaz hisoblash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing