Qashqadaryoda zilzila sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 21 iyun kuni Qashqadaryo viloyatida 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 21 iyun kuni soat 13:51 (grinvich bo‘yicha 08:51) da Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida zilzila qayd etildi. Zilzila epimarkazi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida joylashgan. Uning koordinatalari 39,03 gradus shimoliy kenglik 66,98 gradus sharqiy uzunlikka ega.

Shuningdek, zilzila magnitudasi 3,4 ballga, chuqurligi 5 kilometrga teng. Yer qimirlashining epimarkazi Toshkentdan 313 kilometr janubiy-g‘arbda joylashgan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Qashqadaryo zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing