Qashqadaryoda jinoyatlar soni 70 foizga ortgan

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Qashqadaryo viloyatida jinoyatchilik darajasi 70 foizga oshdi. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev bugun, 29 sentyabr kuni Oliy Majlis Senatining o‘n to‘qqizinchi yalpi majlisidagi hisobotida ma’lum qildi.

Hokim hisobotida qayd etilishicha, hududda joriy yilning 1 sentyabr holatiga ko‘ra, 3 ming 108 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 70 foizga ortgan. Sodir etilgan jinoyatlardan 1 ming 828 tasining (shundan 963 tasi mahallada sodir etilgan) yoki 58,8 foizining oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar tashkil etgan.

Qashqadaryoda maktab o‘quvchilari darsliklar bilan ta’minlanmagan. Bunga kitoblarning bir qismi yetkazilgani sabab bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, viloyatdagi umumta’lim maktablari uchun respublika “Transport va logistika xizmati”' DUK tomonidan 46 foiz darsliklar yetkazib berilgan, xolos. Ushbu darsliklar jamlanmasining 24 foizi to‘liq bo‘lmagani uchun omborxonada saqlanmoqda, buning natijasida o‘quvchilar o‘quv yilini kitobsiz boshlagan.

Shuningdek, joriy yilgi investitsiya dasturi doirasida viloyatdagi 93 ta umumta’lim maktabini jihozlash belgilangan bo‘lib, shundan 36 tasiga mebel va jihozlar qisman yetkazib berilgan, qolgan 57 tasiga esa umuman yetkazib berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

jinoyat darsliksiz maktab

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing