Qashqadaryoda yoshlar yetakchisi o‘z joniga qasd qildi 

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida 37 yoshli erkak o‘zini osib qo‘ygani haqida xabar tarqalgan. 

Aniqlanishicha, joriy yilning 13 aprel kuni G‘uzor tumani, Sovbog‘ qishlog‘ida yashagan, 1985 yilda tug‘ilgan erkak qo‘shnisining yashamaydigan xonadonida o‘zini-o‘zi osib vafot etgan. 

Tekshirish davomida marhum oxirgi vaqtlarda ko‘p spirtli ichimlik iste’mol qilishi oqibatida ruhiyatida o‘zgarish bo‘lganligi aniqlangan. Marhum oilali, 3 nafar farzandning otasi bo‘lgan, u mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi bo‘lib ishlagan. 

Marhumning o‘lim sababiga aniqlik kiritish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

Holat bo‘yicha G‘uzor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakati olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo

Baholaganlar

1154

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing