Qashqadaryoda yana 4 hokim lavozimidan bo‘shatildi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyati hokimi Zafar Ro‘ziyev lavozimidan ozod qilinib, uning o‘rniga Zoyir Mirzayev viloyat rahbari bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Viloyat matbuot xizmatining xabar berishicha, Zafar Ro‘ziyevdan keyin bir qator tuman va shahar rahbarlari ham o‘z lavozimidan ozod qilindi.

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Qarshi shahri, Chiroqchi va Mirishkor tumanlari hokimlari mas’uliyatsizligi sabab ishdan olindi.

Shuningdek, Kitob tuman hokimi sog‘ligi yomonlashganligi sabab o‘z arizasiga binoan vazifasidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo tayinlov

Baholaganlar

162

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing