Qashqadaryoda o‘z uyida narkotik ekkan fuqaro aniqlandi
Olam
−
05 iyul
5719Qashqadaryo viloyatida fuqaroning tomorqasida 22 tup “kannabis” o‘simligi ekilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mas’ullar tomonidan viloyatning Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Tadbir davomida fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan.
O‘tkazilgan tekshiruv natijasida tomorqasida noqonuniy ravishda parvarish qilingan, giyohvandlik xususiyatiga ega bo‘lgan 22 tup “kannabis” turiga mansub o‘simliklar aniqlangan.
Boshqarmaga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Dang‘ara tumanida yashovchi fuqaro o‘z uyida 55 ming tup ko‘knori va 40 dan ortiq nasha o‘simligi o‘stirayotgani aniqlangandi.