Qashqadaryoda ushlangan jihodchilar orasida masjid imom-noibi bo‘lganmi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatida “Jihodchilar” diniy ekstremistik oqimi tarafdorlari qo‘lga olingani, ularning orasida masjid imom-noibi ham borligi haqida xabar bergan edik.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi masjid imom-noibi ekstremistik oqimga qo‘shilib qolgani haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutasaddi idoralar bilan olib borgan muloqotlari natijasida, ushbu xabarda guruh a’zolari qatorida keltirilgan masjid imom-noibi aslida boshqa kasb egasi ekani ma’lum bo‘lgan.

“Ta’kidlash joizki, bugungi murakkab davrda hushyorlik va ogohlik har qachongidan ham dolzarb vazifa ekanini teran anglagan imom-xatiblar, imom noiblari va diniy soha xodimlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi kurash ishlarida faol ishtirok etmoqdalar”, deya ta’kidlagan Musulmonlar idorasi.

Ma’lumot uchun, DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olingan 12 kishilik guruh tarkibida masjid imom-noibidan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, o‘rta maktab o‘qituvchisi, yakka tartibdagi tadbirkor hamda mavsumiy ishchilar borligi aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Musulmonlar idorasi

Baholaganlar

1762

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing