Shukrullo domla vazifasidan ozod qilindi

Jamiyat

image

Farg‘ona viloyati Toshloq tumani bosh imomi va “Abu Hanifa” jome masjidi imom-xatibi Shukrullo Egamberdiyev (Shukrullo domla) ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan chiqishlaridan so‘ng vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, bugun, 16 may kuni Musulmonlar idorasi Ichki nazorat komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Shukrullo Egamberdiyevning ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo‘lgan chiqishlari muhokama qilinib, mazkur harakatlar imomlik maqomiga to‘g‘ri kelmasligiga urg‘u qaratilgan. 

Shukrullo Egamberdiyev o‘z chiqishlarida xato qilganini tan olib, uzr so‘ragan va kelgusi faoliyatida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymasligini bildirgan. 

Musulmonlar idorasi ichki nazorat komissiyasi bayon etilganlarni inobatga olib, Shukrullo Egamberdiyevga “hayfsan” intizomiy jazosi berish va Toshloq tumani bosh imomi vazifasidan ozod etish to‘g‘risida xulosa qilgan. 

Musulmonlar idorasi bergan bayonotda Shukrullo Egamberdiyevning aynan qaysi chiqishlari unga nisbatan chora ko‘rilishiga sabab bo‘lgani haqida aytilmagan. Ammo idora rasmiylari bilan bog‘langanimizda Shukrullo Egamberdiyevning so‘nggi olti oydagi to‘rt-beshta chiqishi e’tirozlarga sabab bo‘lganini ma’lum qilishdi.


Maqola muallifi

Teglar

Musulmonlar idorasi Shukrullo domla

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing