Qashqadaryoda o‘qituvchilarni majburan ishlatgan direktor jazolandi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqda Qashqadaryoda maktab direktori o‘qituvchilar majburan tozalik ishlariga jalb qilgani haqida xabar tarqaldi. Unda o‘qituvchilar dars soati kamaytirilmasligi uchun tozalik ishlarini qilishga majbur bo‘lgani aytilgan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lum qilishicha, xabar bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida Qarshi shahar 31-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori tomonidan maktab o‘qituvchilari obodonlashtirish ishlariga jalb etgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan maktab direktoriga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 51-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 80 barobari (21 mln 600 ming so‘m) miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.


Maqola muallifi

Teglar

majburiy mehnat

Baholaganlar

117

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing