Qashqadaryoda o‘qituvchilarga soliq yig‘imlarini yig‘ish bo‘yicha topshiriq berildimi? Hokimlik “tilga kirdi”

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Dehqonobod tumanida o‘qituvchilarga hokimlikda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda soliq yig‘imlarini yig‘ish bo‘yicha topshiriq berilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan tuman hokimligi rasmiy izoh berdi.

Qayd etilishicha, odatda hokimlikda hokimlik mas’ullari, tumandagi tashkilotlar rahbarlari shuningdek, xalq ta’limi bo‘limi rahbarlari ishtirokida soliq tushumlarini o‘z vaqtida yig‘ish va soliq madaniyatiga amal qilish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilib turiladi. Bunday tadbirlarda tumanda soliq madaniyatiga amal qilish bo‘yicha doimiy targ‘ibotlar, tushuntirishlar olib borish xususida takliflar beriladi.

“Biroq bunday tadbirlarning hech birida o‘qituvchilar qatnashmagan va o‘qituvchilarga soliq yig‘imi bo‘yicha topshiriqlar berilmagan. O‘qituvchilarning uyma-uy yurib soliq yig‘imlarini yig‘ish haqidagi topshiriq haqiqatga mos kelmaydi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

soliq o'qituvchi Dehqonobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing