Qashqadaryoda tug‘uruqxona shifokori tamagirlik qilgani aniqlandi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida Kitob tumani tibbiyot birlashmasi shifokorining tamagirlik qilib fuqarolardan pul olayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, ushbu holat vazirlik tomonidan zudlik bilan nazoratga olinib, zarur chora-tadbirlar ko‘rilgan. Kitob tumani tug‘uruq bo‘limi akusher-ginekologi X.G. va doya N.N. ishdan bo‘shatilib, to‘plangan dastlabki hujjatlar huquqni muhofaza qilish idoralariga taqdim etilgan.  

“Ayni paytda vazirlik va huquq-tartibot idoralari hamkorligida o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Uning natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo shifokor tamagirlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing