Qashqadaryoda tez tibbiy yordam shifokorlari bemor ayolga qo‘pollik qilgani aytildi
Jamiyat
−
12 dekabr 2023
11180Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatida tez tibbiy yordam shifokorlari bemor ayolga qo‘pollik qilgani haqida murojaat paydo bo‘ldi. Bunga viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘z munosabatini bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Tez tibbiy yordam markazi viloyat filiali mutasaddilari tomonidan o‘rganilgan.
"Bemorga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani sababli Qarshi shahar tez tibbiy yordam bo‘limi shifokori D.Salomova va feldsher H.Eshonqulovga intizomiy jazo choralari qo‘llanildi", deyiladi Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi munosabatida.
LiveBarchasi