Qashqadaryoda pochchasini o‘ldirgan qaynuka 18 yilga qamaldi

3-sahifa

image

Qashdaryoda shinalarga havo to‘ldiradigan nasos bilan pochchasini o‘ldirgan qaynuka 18 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 17 iyun kuni Koson tumanida sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, pochcha qaynukasi bilan og‘zaki shartnoma tuzgan. Kelishuvga ko‘ra, qaynuka pochchasining 4 gektar yer maydoniga ekkan g‘allasidan 1,5 tonnasini va 2 gektardagi somonni olishi kerak bo‘lgan. Biroq g‘alla yetilgach, pochcha uning haqqini bermasligini aytib, tepkilagan. Bundan jahli chiqqan qaynuka pochchasini shinalarga havo to‘ldiradigan nasos bilan urib o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyatchi O‘zbekiston Respublika Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” va 25 orqali 97-modda “j” hamda “v” bandlari bilan aybdor deb topilib, JKning 59-moddasi tartibida 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

364

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing