Qashqadaryoda olimpiadadan eng yuqori ball to‘plagan o‘quvchiga nega 4-o‘rin berildi?

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda Xorijiy til olimpiadasida hammadan yuqori ballni olgan o‘quvchiga 4-o‘rin berilgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Videolavhada viloyatning Qamashi tumanidagi 6-sonli maktab jamoasining to‘plagan balli aslida yuqori ekanligi qayd etilgan. Gap shundaki,  ushbu olimpiadada ham o‘qituvchilar, ham o‘quvchilar ham sinovdan o‘tgan. Natijalarga ko‘ra, o‘quvchilar ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan, lekin o‘qituvchilarning to‘plagan ballari past bo‘lgan. Umumiy hisobda, maktab jamoasining olgan ballari 4-o‘ringa loyiq deb topilgan. Shu sababli  nizom talablarida asosiy ko‘rsatkichlar bilan erishilgan natija umumlashtirilishi qayd etilgan.

“Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovni tuman bosqichi bo‘yicha Qamashi tumanidan:

1-o‘rin 44-maktab, ball:41,08;
2-o‘rin 63-maktab, ball: 40, 12;
3-o‘rin 72-maktab, ball: 38,72  larni maktab  jamoasi qo‘lga kiritgan.

Aniqlanishicha, tarqalgan xabarlarda qayd etilayotgan Qamashi tumanidagi 6-maktab jamoasini to‘plagan ball 25,92 ni tashkil etgan.


Maqola muallifi

Teglar

olimpiada eng yuqori ball

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made